Olma, sabzi va yong'oqli salat. 

Kerakli masallihlar: 300 gr olma, 200 gr sabzi, 100 gr yong'oq magzi va 2 osh qoshiq mayanez. 

Tayyorlash jarayoni: Birinchi bo'lib olma po'sti archilib, urug'i tozalanadi va yupqa qilib to'graladi. Sabzi esa yirik tishli qirg'ichdan o'tgaziladi. Yong'oq ustiga issiq suv quyilib, po'sti archiladi va yirik qilib maydalanadi.Undan so'ng olma, yong'oq va sabzi aralashtirilib, tuz sepiladi, mayanez bilan aralashtiriladi. Idishga solinadi, ko'k salat barglari bilan bezatiladi. 

Qishki vinegrat.

Kerakli masllihlar: 2 ta ortacha lavlagi, 4-5 ta kartoshka,1-2 ta sabzi, 2-3 ta tuzlangan bodring, 2-3 ta olma, 1ta boshpiyoz, 100gr qovrilgan yoki pishgan go'sht, yarimta selt balig'i, 1stakan mayanez, ko'kpiyoz, petrushka, 1ta tuxum. 

Tayyorlash: avval biz buni tayyorlash uchun lavlagi, kartoshka, sabzi va go'shtlarni pishirib olamiz. Ularni pishirib olgach ularning hammasini qub shaklida to'rgab olamiz, piyoz maydalanib, bodring, olma va baliqlar mayda qilib to'rgaladi. Sabzavotlarning bir qismini bezatish uchun olma qolinadi va qolgani mayanez bilan aralashtiriladi.Salatga ko'kat va mayda qilib to'gralgan tuxum sepiladi.

Yozgi vinegerat.

Kerakli maslallihlar: 3 ta kartoshka, 1 ta lavlagi, 1 ta tuzlangan bodring, 1 ta olma, 1 ta boshpiyoz, 50 gr loviya, 1 ta pishgan tuxum, 150 gr smetana, o'simlik moyi, shakar, limon, garimdori, ko'kat, tuz. 

Tayyorlash jarayoni: Kartoshka va lavlagi pishirilib olinib sovitiladi va qub shaklida to'graladi. Undan so'ng loviya pishirilib olinadi. Qolgan mahsulotlar mayda qilib to'graladi. Piyoz sariq tusga kirguncha o'simlik moyida qovuriladi. Undan so'ng hammasi aralashtirilib, o'simlik moyi va limon sharbati sepiladi va ularga smetana, garimdori, tuz va shakar qo'shiladi. Salat ko'kat va to'gralgan tuxum bilan bezatiladi. Oxirida loviyani qo'shib aralashtiramiz. Loviya o'rniga ko'k no'xat ham ishlatish mukin. 

Bahorgi parxez vinegreti.

Kerali masallihlar: 3 - 4 ta kartoshka, 2 ta sabzi, 1 ta lavlagi, 2 ta bodring, 1 ta olma, 1 bog'lam ko'k salat, 2ta tuxum, 50 gr o'simlik moyi, tabga qarab qalampir va tuz.

Tayyorlash jarayoni: Kartoshka, lavlagi, sabzi aloxida pishirilib sovitiladi va mayda romb shaklida to'graladi. Olma, ko'k salat va bodring archilib qub shaklida to'graladi. Pishgan tuxum maydalanadi va ustidan o'simlik moyi quyiladi. Vinerget idishga uyub solinadi va usti ko'k salat barglari va to'gralgan ko'k piyoz bilan bezatiladi. 

Izoh: Rasm Gotovim.ru saiytidan olindi 

 
